Ko‘chmas mulk | 07:40 / 27.11.2025
4074
2 daqiqa o‘qiladi

Qaysi shaharlarda kvartira narxi osmonda? Dunyodagi eng qimmat uy-joy xaritasi

Dunyodagi ayrim shaharlarda kvartira narxi aholining katta qismi uchun hanuzgacha yetib bo‘lmas darajada yuqori. Infografika qaysi shaharlarda eng qimmat ko‘chmas mulk joylashganini yaqqol ko‘rsatib beradi.

Foto: TsIAN

2025 yilda turar joy majmualari (kondominiumlar)dagi kvartiralar narxi juda balandligicha qolmoqda, ayniqsa rivojlangan iqtisodiy markazlarda. Dunyo bo‘yicha eng qimmat ko‘chmas mulkka ega top-10 shahar ro‘yxatiga beshta Shveytsariya shahri kirgan.

Numbeo ma’lumotlariga ko‘ra, ro‘yxatning birinchi o‘rnini Hongkong egallagan. U yerda kvartiraning har bir kvadrat metri o‘rtacha 25 339 dollarga tushadi. Shahar ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘z peshqadamligini ancha vaqtdan beri saqlab kelmoqda. Yer maydonining cheklanganligi, aholi zichligining yuqoriligi va megapolisning moliyaviy hab sifatida jozibadorligi narxlarning yuqori bo‘lishiga hissa qo‘shadi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Shveytsariya shaharlari — Tsyurix va Lozanna egalladi. U yerda kvartiralar kvadrat metri mos ravishda o‘rtacha 24,8 ming va 22,9 ming dollar turadi.

Foto: Visual Capitalist 

To‘rtinchi o‘rindan Osiyodagi yana bir yirik megapolis — Singapur joy olgan (kvadrat metriga 22,5 ming dollar). Keyin esa amalda Shveytsariya poytaxti hisoblangan Bern keladi (kvadrat metriga 22,2 ming dollar).

Birinchi o‘ntalikdan Jyeneva, Seul, Bazel, Tel-Aviv-Yaffo va London ham o‘rin olgan. Nyu-York top-20 talikka kirgan AQShdagi yagona shahardir. U 11-o‘rinni egalladi.

Mavzuga oid