Tsukerberg uning ma'lumotlari ham Cambridge Analytica’ga tushganini ma'lum qildi
11 aprelda Facebook rahbari Mark Tsukerberg ma'lumotlarning chetga chiqib ketishi ishi bo‘yicha AQSh kongressida ikkinchi marta chiqish qildi. Vakillar palatasidagi jarayon vaqtida kaliforniyalik kongressmen Anna Eshu Tsukerbergdan uning ma'lumotlari ham uchinchi shaxslarga o‘tgan-o‘tmagani haqida so‘raganda Mark bunga “Ha, o‘tgan” deb javob qilgan.
Tsukerberg Facebook ijtimoiy tarmog‘ining 87 mln foydalanuvchisi ma'lumotlari Cambridge Analytica kompaniyasi ixtiyoriga tushgani bilan bog‘liq holda kongressda ikkinchi kun chiqish qildi. 10 aprelda u turli qo‘mitalar senatorlariga ko‘rsatmalar bergan, 11 aprelda esa vakillar palatasi savollariga javob bergan.
Cambridge Analytica qoidalarni chetlab foydalanuvchilar ma'lumotlarini qo‘lga kirita olgani haqida 19 martda ma'lum bo‘lgandi. Shundan keyin ijtimoiy tarmoqqa shaxsiy daxlsizlikni buzish bo‘yicha ayblovlar, sud da'volari va bir nechta davlatlar hukumatlari savollari yog‘ila boshlagan.
Mavzuga oid
09:31 / 28.08.2024
Tsukerberg pandemiyada Oq uyning Meta’ga bosimi haqida ma’lum qildi
21:32 / 01.02.2024
Tsukerberg ijtimoiy tarmoqlar qurboni bo‘lgan o‘smirlarning ota-onasidan uzr so‘radi
22:14 / 11.08.2023
Mask va Tsukerberg o‘rtasidagi «jang» Rim Kolizeyida o‘tkazilishi mumkin
22:42 / 07.08.2023