Germaniya Suriyani bombardimon qilishdan bosh tortdi
Germaniya g‘arb davlatlarining Suriyadagi harbiy amaliyotida ishtirok etmaydi. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel Daniya bosh vaziri Lars Lekke Rasmussen bilan Berlindagi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Merkelning aytishicha, biroq Germaniya ittifoqdosh davlatlarning kimyoviy qurolni qo‘llash nomaqbulligini ko‘rsatishga qaratilgan barcha harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
G‘arb davlatlari Suriya prezidenti Bashar Asad tuzumini Sharqiy Gutaning Duma shahriga kimyoviy hujum sodir etishda ayblamoqda. Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar ma'lumotlariga ko‘ra, 7 aprelda Dumaning bombardimon qilinishi oqibatida 40 dan 70 gacha odam halok bo‘lgan. Yana 500 kishi zaharlanishdan jabr ko‘rgan. Suriya va Rossiya harbiylari kimyoviy qurol qo‘llangani haqidagi xabarni yolg‘on deb atashgan.
11 aprelda AQSh prezidenti Donald Tramp kimyoviy qurol qo‘llanishiga qarshi chora sifatida Suriyaga raketa zarbasi berilishini e'lon qildi. Bundan tashqari, u Asad tuzumini qo‘llab-quvvatlayotgan Rossiya va Eron ham “katta haq” to‘lashlarini aytgan.
Asadga qarshi harbiy amaliyotga Buyuk Britaniya va Fransiya qo‘shilishi mumkin. Britaniya OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Britaniya bosh vaziri AQShning Suriyaga zarba berishini parlament roziligini kutib o‘tirmay qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
Mavzuga oid
11:30 / 01.10.2024
BMT: 100 000 kishi Livandan Suriyaga qochdi
16:11 / 09.09.2024
Suriyada Isroil zarbasi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi
21:57 / 07.09.2024
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi - OAV
12:52 / 10.08.2024