Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel: Suriya hukumatiga zarba berishda ishtirok etmaymiz
Foto: Reuters
Germaniya kansleri Angela Merkelning ma'lum qilishicha, Germaniya Suriya hukumatiga berilishi mumkin bo‘lgan harbiy zarbalarga qo‘shilmaydi, deb xabar bermoqda Reuters. Bu haqda u Daniya bosh vaziri Lars Lekke Rasmussen bilan Berlinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng aytib o‘tdi.
«Germaniya ehtimoliy – hozircha hech qanday qarorlar yo‘q, biroq men ta'kidlab o‘tmoqchimanki – harbiy harakatlarda ishtirok etmaydi», - deya ma'lum qilgan Merkel.
Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, G‘arbning kimyoviy quroldan foydalanish qabul qilib bo‘linmasligini ko‘rsatishga yo‘naltirilgan sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
«Biroq biz kimyoviy quroldan foydalanish qabul qilib bo‘lmas holat ekanini ko‘rsatish uchun qilinayotgan barcha ishni qo‘llab-quvvatlaymiz», - deya aytib o‘tdi Merkel.
Mavzuga oid
22:54 / 25.04.2026
Suriyaning yangi hukumati Rossiyani Xmeymim aviabazasidan chiqarib yubormoqchi
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
18:52 / 21.04.2026
Rossiya Qozog‘iston neftini Yevropaga yetkazib berishni to‘xtatadi
11:15 / 17.04.2026