O‘zbekiston | 09:32 / 12.04.2018
7410
1 daqiqa o‘qiladi

Turistik faoliyatga litsenziya berish tartibi o‘zgartirilmoqda

Foto: KUN.UZ

Shavkat Mirziyoyev "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

Farmon bilan 2018 yilning 1 iyunidan turistik faoliyatga litsenziya berish huquqi tartibi o‘zgartiriladi.

Endilikda turistik faoliyatga litsenziya Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi hududiy boshqarmalari tomonidan beriladi. 

Mavzuga oid