Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev 18 mart kuni Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğilişda ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, 1 apreldan boşlab mahalliy turoperatorlarga yangi qöllab-quvvatlaş çoralari joriy etiladi. Jumladan, uç oy davomida jalb qilingan har 1 ming nafar xorijiy turist uçun davlat budjetidan 5 ming dollargaça subsidiya ajratiladi.
Şuningdek, turoperatorlar tomonidan tölangan qöşilgan qiymat soliğining yarmi keşbek sifatida qaytariladi.
Yana bir yangilik sifatida, ijtimoiy tarmoqlarda 5 milliondan ortiq kuzatuvçisi bölgan 50 nafar xorijiy bloger uçun Özbekistonga yetti kunlik bepul turpaket taqdim etiladi.
Bundan taşqari, dunyodagi yirik onlayn sayyohlik platformalarida Özbekiston turizm salohiyatini tarğib qiliş bilan boğliq xarajatlar ham qoplab berilişi belgilangan.
Mazkur çora-tadbirlar mamlakatga xorijiy turistlar oqimini oşiriş va turizm sohasini yanada rivojlantirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

















