Xalqaro banknotlar jamiyati (IBNS) nufuzli «Yil banknotasi 2025» mukofoti ğolibini e’lon qildi. Tarixda birinçi marta mukofot Kyurasao va Sint-Marten Markaziy bankining 200 Karib guldeni banknotasiga berildi.

Nega aynan u ğalaba qozondi?
Banknota yangi «Suv osti olami» (World Under the Sea) seriyasiga kiradi. Dizayn Karib havzasining boy dengiz hayotiga bağişlangan: old tomonida dengiz otçasi va marjonlar, orqa tomonida esa maşhur Queen Emma Bridge suzuvçi köprigi tasvirlangan. Banknot yorqin binafşa rangda işlangan va ilğor himoya elementlarini öz içiga oladi.
Kyurasao — Niderlandiya Qirolligi tarkibidagi avtonom mamlakat bölib, Karib dengizining janubiy qismida, Venesuela qirğoqlari yaqinida joylaşgan. Sint-Marten va Karib dengizi Niderlandiyasining boşqa orollari bilan birgalikda alohida valuta zonasini taşkil etadi.
Yangi seriya 2025 yil mart oyida muomalaga kiritildi va allaqaçon kolleksionerlar tomonidan yuqori baholandi.

2025 yilning boşqa sovrindorlari:
- 2-örin - Fiji 5 dollari;

- 3-örin - Zambiyaning 100 kvaçi.

Şuningdek, eng yaxşi banknotlar içida Xitoy 20 yuani, BAA 100 dirhami, Eronning 2 million riyoli, Qozoğistonning 1000 tengesi, Rossiyaning 1000 rubli, Tojikistonning 100 somoniysi va boşqalar bor.
















