Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 19:39 / 13.04.2018
7130
1 daqiqa o‘qiladi
Latviya Seymi delegatsiyasi O‘zbekistonga kelmoqda
Foto: BaltNews.lv
2018 yilning 14-19 aprel kunlari Latviya Respublikasi Seymi Raisi Inara Murniyetse boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif dasturiga ko‘ra Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Hukumat, tashqi ishlar va tashqi savdo vazirliklari va boshqa idoralarda uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi, unda O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish