Mudofaa vazirligi harbiy kiyimlarning namunaviy loyihalarini muhokamaga qo‘ydi (foto)
Harbiy xizmatchilarni zamonaviy, barcha talablarga javob beradigan harbiy kiyim rusumlari bilan ta'minlash Qurolli Kuchlarimiz ta'minotini yaxshilanishining muhim shartidir. Shu bois davlatimiz rahbarining Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisidagi ma'ruzasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, harbiy kiyim rusumlarining yangi modellari ustida izlanishlar olib borildi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lumot berishicha, harbiy kiyim rusumlarining namunaviy loyihalari keng jamoatchilikning muhokamasi uchun e'lon qilinmoqda.
Taklif va mulohazalaringizni quyidagi manzillarga yuborishingiz mumkin:
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 100-uy. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi moddiy-texnik ta'minot bosh boshqarmasi buyum ta'minot boshqarmasiga.
Telefonlar: (0371) 269-86-14, 269-86-09, (998 90) 349-29-65 (telegramm).
Elektron manzil: libos@mudofaa.uz
Sizning takliflaringiz har jihatdan puxta tayyorlangan, murakkab iqlim sharoitlariga chidamli bo‘lgan harbiy kiyimlar ishlab chiqarilishiga asos bo‘ladi.
TANTANALI KIYIM
KUNDALIK KIYIM
DALA KIYIMI
Mavzuga oid
19:25 / 23.11.2024
Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi
20:51 / 18.11.2024
“Qurollar qanchalik zamonaviy bo‘lmasin, milliy g‘urursiz ish bitmaydi” - maktablarga harbiy darslar nega kerak?
18:23 / 07.11.2024
Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tadi
17:54 / 31.08.2024