Sport | 23:00 / 17.04.2018
13113
1 daqiqa o‘qiladi

Bundesligada hakam tanaffus paytida penalti belgiladi

Germaniya chempionatidan o‘rin olgan «Maynts» - «Frayburg» (2:0) o‘yini bosh hakami Gvido Vinkmann g‘alati penalti belgiladi.

U 1-bo‘lim tugaganini anglatuvchi hushtagini chaldi va jamoalar kiyinish xonasiga yo‘l olishdi. Ammo, hakamning video-yordamchisi «Frayburg» jarima maydonida qoida buzilganini va penalti belgilash lozimligini aytdi. Shundan so‘ng, hakam jamoalarni maydonga qaytardi va «Frayburg» darvozasiga penalti belgiladi.

«Maynts» yarimhimoyachisi Pablo De Blasis uni aniq amalga oshirdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid