Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Bashar Asadni Faxriy legion ordenidan mahrum qilmoqchi
Parij Suriya prezidenti Bashar Asadni Fransiyadagi oliy davlat mukofotlaridan biri – Faxriy legion ordenidan mahrum qilish jarayonini boshladi. Bu haqda 16 aprelda “Frans Press” axborot agentligi ma'lum qildi.
Asad bu mukofot bilan 2001 yilda Fransiyaga tashrifi vaqtida taqdirlangan.
Faxriy legion ordeni Fransiya milliy ordeni bo‘lib, Fransiya oldidagi xizmatlar uchun beriladigan oliy mukofot hisoblanadi. Bu orden 1802 yilda imperator Napoleon Bonapart tomonidan ta'sis etilgan.
Ordenning buyuk magistri Fransiya prezidenti hisoblanib, u mukofotdan mahrum qilish masalalarini orden devonxonasi bilan hal qiladi.
Mavzuga oid
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026