Fan-texnika | 15:10 / 18.04.2018
9848
2 daqiqa o‘qiladi

Saraton hujayralarini aniqlovchi mikroskop ixtiro qilindi

Google mutaxassislari to‘qimalar namunalarida saraton belgilarini aniqlashga yordam beruvchi to‘ldirilgan reallik ekraniga ega interaktiv mikroskopni ixtiro qilishdi. Google Research blogida shu haqida ma'lumot berildi.

Qurilma real vaqt rejimida kameradan olingan tasvirni skanerlaydi va xavfli o‘simtalar bo‘lgan zonalarni qayd etadi. Ishlab chiqaruvchilar yangi qurilmani har yili bo‘lib o‘tadigan AACR konferensiyasida namoyish qilishdi. Google Brain texnik rahbari Martin Stumpe bunday mikroskop yaratishda mashina ta'limini qo‘llash haqida so‘zladi.

Ishlab chiqaruvchilar qurilmaning okulyari va obektivi o‘rtasiga ikki modulni joylashtirishga qaror qilishdi. Birinchi modul yorug‘lik nurlarining bir qismini yarimshaffof shisha orqali o‘tkazadi. Ularning bir qismi esa fotomatritsada aks etadi. Ikkinchi modul suratni loyihalashtiradi va uni namuna tasviriga qo‘yadi. Shundan so‘ng algoritm ushbu to‘qima tasvirini qayta ishlaydi. Dasturda patalogiyalarning bir necha turini tahlil qilish mumkin. Biroq Google mutaxassislari ko‘krak bezi saratoni va prostata saratoni metastazalariga diqqatni qaratishdi. 

Ishlab chiqaruvchilar interaktiv mikroskopning ishlash tamoyilini videoda ko‘rsatishdi.

 

Mavzuga oid