Jahon | 10:00 / 19.04.2018
4188
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada plastikdan bir martalik mahsulotlar taqiqlanadi 

Foto: AFP/ANWAR AMRO

Buyuk Britaniya plastik trubkalar va plastikdan boshqa bir martalik mahsulotlarni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Guardian mamlakat bosh vaziri Tereza Meyning bayonotiga asosan xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, taqiq haqidagi qaror Britaniya Hamdo‘stligi davlatlari hukumat rahbarlari uchrashuvida e'lon qilinadi. Ta'kidlanishicha, Britaniya uchrashuvda plastik muammosini hal qiladigan yangi texnologiyalar rivojiga taxminan 86 mln dollar ajratishi haqida ma'lum qiladi.

«Buyuk Britaniya hukumati bu masalada jahon yetakchisi sanaladi, hamda Britaniya jamoatchiligi plastik paketlardan foydalanganlik uchun yig‘imlarni qabul qilish va plastik granulalarni taqiqlashda faollik ko‘rsatdi. Bugun biz plastik chiqindilarni yanada qisqartirish bo‘yicha katta rejalarimizni ilgari surmoqdamiz», - deyiladi Meyning bayonotida.

Shu bilan birga, mamlakat Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada har yili taxminan 8,5 mlrd plastik trubkalar chiqindiga tashlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid