Google o‘z tarmog‘ini proksi sifatida ishlatish imkoniyatini o‘chirib qo‘ydi
Google kompaniyalarga o‘z tarmog‘ini proksi sifatida ishlatishni taqiqladi. Bu haqda The Verge Google bayonotiga asosan yozmoqda.
Avval servislar Google’dan proksi-servis sifatida foydalanishi mumkin edi: trafikni Google.com domeni orqali o‘z serverlariga qayta yuborishi. Bu kompaniyalarga davlat tomonidan bloklanishni chetlab o‘tish imkonini bergan.
O‘zgarishlar ilk marta Tor tarmog‘i ishlab chiquvchilari tomonidan 13 aprel kuni payqaldi. Google’ning domenli frontingdan voz kechishi servislarga zarar yetkazadi, sababi u davlat senzurasini chetlab o‘tishda ko‘mak berardi: jumladan Signal himoyalangan messenjeri va Psiphon VPN-servisiga, deya ta'kidlaydi The Verge.
Google’dan aytishlaricha, kompaniya dasturiy ta'minoti o‘ziga xos jihatlari tufayli ochiq bo‘lgan domain-fronting funksiyasini qo‘llab-quvvatlamagan, hamda uning ishini tiklashni rejalashtirmayapti.
Mavzuga oid
17:00 / 09.10.2024
AQSh hukumati Google'ni parchalashni talab qilishi mumkin
22:30 / 04.10.2024
YouTube xatolik sabab yuzlab akkauntlarni spam va firibgarlik uchun bloklab qo‘ydi
00:48 / 26.09.2024
Google Yevrokomissiyaga Microsoftʼning raqobatga zid bulutli amaliyoti ustidan shikoyat kiritdi
22:21 / 18.09.2024