Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alphabet kompaniyasining kapitalizatsiyasi ilk bor 4 trln dollardan oshdi
Google’ning bosh kompaniyasi bo‘lgan Alphabet dunyoda bozor qiymati 4 trln dollarlik chegaradan oshgan to‘rtinchi kompaniyaga aylandi. Kompaniya muvaffaqiyati sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bilan bog‘liq.
Foto: Kun.uz
Alphabet — Google’ning bosh kompaniyasi bozor qiymati dushanba kuni, 12 yanvarda 4 trln dollarlik chegaradan oshib ketdi. Shu tariqa Alphabet ushbu darajaga yetgan dunyodagi to‘rtinchi kompaniya bo‘ldi — Nvidia, Microsoft va Apple’dan keyin.
Shu bilan birga, Alphabet 2019 yildan beri birinchi marta kapitalizatsiyasi bo‘yicha Apple’ni ortda qoldirib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqdi. Birinchi o‘rinda esa grafik protsessorlar ishlab chiqaruvchi Nvidia turadi.
Reuters agentligi eslatishicha, 2025 yilda Alphabet aksiyalari qiymati taxminan 65 foizga oshgan. Kuzatuvchilar bu muvaffaqiyatni kompaniyaning sun’iy intellekt va bulutli texnologiyalarga (cloud) katta e’tibor qaratayotgani, shuningdek Gemini 3 nomli yangi multimodal neyrotarmoq modeli ishga tushirilgani bilan bog‘laydi.
Alphabet aksiyalari narxiga 2025 yil sentabrda AQSh sudi chiqargan qaror ham ta’sir ko‘rsatgan: u qaror kompaniyaga Chrome brauzeri va Android mobil operatsion tizimi ustidan nazoratni saqlab qolish imkonini bergan.
Avvalroq Reuters Samsung Electronics kompaniyasi joriy yilda Gemini asosida ishlaydigan sun’iy intellekt funksiyalari bilan jihozlangan mobil qurilmalar sonini ikki baravar oshirishni rejalashtirayotganini xabar qilgan edi.
Mavzuga oid
12:04 / 27.12.2025
Google Rossiyadan o‘z serverlarining bir qismini olib chiqmoqda
19:24 / 10.12.2025
Apple va Google hamkorlikni e’lon qildi - iPhone’dan Android’ga va aksincha o‘tish osonlashadi
18:18 / 08.12.2025
Google va Apple o‘zbekistonliklarni hakerlar hujumi haqida ogohlantirdi
23:35 / 28.11.2025