Google Amerika kompaniyasi Rossiyadagi internet-provayderlarni öz serverlarining bir qismini olib ketiş niyati haqida ogohlantirgan, deb xabar qildi 26 dekabr, juma kuni RBK agentligi manbalariga tayanib. Ularning aytişiça, kompaniya foydalanuvçilarga kontentni yetkazib berişni tezlaştiriş uçun işlatiladigan Dell R720 serverlarini ekspluatatsiyadan çiqarib taşlaşni rejalaştirmoqda.
Gap Google Global Cache tizimida işlatiladigan uskunalar haqida ketmoqda. Bu serverlar YouTube videolarini, xaritalarni, Android ilovalari va Chrome brauzeri yangilanişlarini, şuningdek Google qidiruvidagi tasvirlarni saqlaş va uzatiş uçun qöllanadi. Ukrainada uruş boşlanganidan keyin kompaniya Rossiyada bunday turdagi yangi serverlarni örnatişni töxtatgan.
Xabarnomaga köra, uskunalarni ekspluatatsiyadan çiqarişni 2026 yil 26 yanvardan boşlaş rejalaştirilgan. Kompaniya bunga sabab sifatida Dell R720 serverlari işlab çiqarişdan olingani va kafolat muddatiga ega emasligini körsatgan. Google, şuningdek, bunday maşinalar trafikning juda kiçik qismini qayta işlaşini bildirgan. Şu bilan birga, Rossiyada joylaşgan Google Global Cache’ning qolgan serverlari işlaşda davom etadi.
Provayderlardan biri RBK’ga Google qöşimça xatda mazkur serverlarni öçirişni, çiqarib olişni va uskunani olib ketiş uçun manzilni bildirişni söraganini aytgan. Uning sözlariga köra, Dell R720 serverlarining bir qismi allaqaçon olib çiqilgan. Ta’kidlanişiça, demontaj va olib çiqiş işlari IT-uskunalarning “hayot sikli”ni boşqariş, jumladan demontaj va utilizatsiyaga ixtisoslaşgan Yevropa kompaniyasi — MPK Asset Solutions tomonidan amalga oşirilmoqda.
Google Ukrainaga Rossiya qurolli bosqinidan keyin Rossiyadagi tijoriy faoliyatini töxtatgan va ofisini yopgan, faqat bepul servislarini qoldirgan. Kompaniyaning Rossiyadagi yuridik şaxsi — OOO “Gugl” 2023 yil oktyabrda bankrot deb topilgan.
Google ketganidan keyin Rossiyadagi Google Global Cache serverlarini modernizatsiya qilmagan. Keyinçalik bu holatdan Roskomnadzor 2024 yil yozida YouTube işini sekinlaştirişni boşlaganda foydalangan. Idora Google server uskunalarini yangilamagani uçun kiriş tezligi pasayganini aytgan. Google’ning özi esa buni rad etgan.
Keyinroq Davlat dumasining sobiq deputati Aleksandr Xinşteyn (öşa paytda axborot siyosati qömitasi rahbari) YouTube’ni sekinlaştiriş Rossiya hokimiyati taşabbusi bilan amalga oşirilganini aytgan. Şundan söng Roskomnadzor videoxostingni “qonunçilikni köp marta buziş” va mamlakatga “hurmatsizlik”da ayblagan.












