Jamiyat | 18:33 / 20.04.2018
4912
2 daqiqa o‘qiladi

Jomboyda «Adliya sayli» o‘tkazildi

Jomboy tumani markazidagi Yoshlar bog‘ida o‘tkazilgan tadbir chinakam bayram, sayil tusini oldi. Huquq-tartibot organlari tomonidan tashkil etilgan sayyor qabul fuqarolar mushkulini yengillatdi, deb xabar beradi «Jomboy tongi» gazetasi muxbiri Sherzod Isoqulov.

Ayniqsa, notarius, pasport, FHDYo va boshqa turdagi hujjatlar shu yerning o‘zida rasmiylashtirib berildi. Uy-joy va kredit ajratish masalasida qilingan o‘nga yaqin murojaat o‘z yechimini topdi.

Foto: «Jomboy tongi» gazetasi
Foto: «Jomboy tongi» gazetasi

— Tadbirda kelib tushgan har qanday murojaat ijobiy hal etilyapti, — deydi viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi Sh.Bahromov. — Hozirning o‘zida “Kattaqishloq” mahallasidagi ehtiyojmand oila xonadoniga elektr o‘lchagich o‘rnatildi. Shu mahalladagi Nilufar Jabborovaning farzandiga tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma berildi. Nikohi tuman FHDYo tomonidan qonuniy rasmiylashtirildi.

Foto: «Jomboy tongi» gazetasi

Milliy madaniyat markazining chiqishlari, kitob taqdimoti tadbirga o‘zgacha fayz kiritdi. 70 dan ortiq kollej bitiruvchisiga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun imtiyozli kredit sertifikatlari topshirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid