Sport | 20:40 / 21.04.2018
3753
2 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Qo‘qon-1912» - «Nasaf» o‘yinida g‘olib aniqlanmadi

Foto: KUN.UZ

Superliga 7-turida «Qo‘qon-1912» va «Nasaf» klublari bellashdi. 

Turning markaziy o‘yinlardan biri sifatida e'tirof etilgan bu o‘yinga bo‘lgan qiziqish yuqori edi. "Nasaf" shu kunga qadar mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘lib kelayotgan bo‘lsa, "Qo‘qon-1912" o‘z maydonidagi birinchi o‘yinda g‘alaba qozongandi. 

O‘yinda har ikkala jamoa ko‘plab xavfli vaziyatlarni sodir etgan bo‘lsa-da, darvozalar dahlsizligi saqlanib qolindi. 

Bu natijadan so‘ng, «Nasaf» 13 ochko bilan 4-o‘rinda, «Qo‘qon-1912» 9 ochko bilan 6-o‘rinda boryapti.

Superliga, 7-tur
Qo‘qon-1912 (Qo‘qon) – Nasaf (Qarshi) – 0:0
Hakamlar:
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), O. Jumayev (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), F. Yansupov (Toshkent).
Nazoratchi – I. Nexochin (Toshkent). Komissar – B. Namozov.
Qo‘qon-1912: 1. O‘tkir Yusupov, 5. G‘iyos Komilov, 7. Jamshid Hasanov (96. Muhammadanas Hasanov-82), 10. Javohir Sidiqov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev, 18. Bahodir Pardayev (9. Nosir Otaqo‘ziyev-72), 19.Suhrob Berdiyev, 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Darko Gojkovich (95. Milan Spremo-86), 65. Marko Milich. 
Nasaf: 35. Sanjar Quvvatov, 4. Maqsud Karimov, 6. Aziz G‘aniyev, 7. Odil Hamrobekov, 10. Bobur Abduxoliqov, 22. Igor Golban, 27. Islom Rashidxonov (20. Islom Kenjaboyev-78), 31. Saydullo Rahmatov, 55. Slavko Lukich, 77. Jasur Hasanov, 92. Umar Eshmurodov.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid