Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘rbaliqdagi tamaki operatsiyasi
Farg‘ona viloyati bojxonachilari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Oltiariq tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida respublikaga ko‘p miqdordagi tamaki mahsulotlarini noqonuniy olib kirilishining oldini olishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bergan.
Fuqaro D.A. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina kuzatuvga olinib, Bo‘rbaliq qishlog‘i hududida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida avtomashinaning saloni va yukxonasida muqaddam Qirg‘iziston Respublikasidan bojxona nazoratini chetlab, aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 68.250.000 so‘mlik, 9750 quti “Milano” nomli tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026