Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya og‘ir atletika bo‘yicha Yevropa chempionatidan Kosovo tufayli mahrum bo‘ldi
Foto: Reuters
Yevropa og‘ir atletika federatsiyasi (EWF) Ispaniyaning La-Korunya shahrida yoshlar o‘rtasidagi 2018 yilgi Yevropa chempionati o‘tkazilishini bekor qilish haqida qaror qabul qildi. Bu mamlakatning Kosova mustaqilligini tan olish masalasi bo‘yicha pozitsiyasi tufayli yuz berdi.
Inside the games ma'lumotiga ko‘ra, Ispaniya Kosova mustaqilligini tan olmayotgan Yevropa davlatlari ro‘yxatiga kiradi. Natijada Federatsiya o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatlarini Polshaga ko‘chirdi.
Kosova milliy olimpiya qo‘mitasi 2014 yilda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi a'zosiga aylandi, shundan so‘ng Yevropa og‘ir atletika federatsiyasi Kosovo federatsiyasini tan oldi.
Ayni damda Kosovo Respublikasini 105 davlat mustaqil deb tan olgan. Respublika tan olinishiga 60dan ortiq mamlakat qarshi chiqmoqda.
Mavzuga oid
16:05 / 21.03.2026
Ispaniya yonilg‘iga QQSni deyarli ikki barobarga kamaytiradi
21:36 / 19.03.2026
2026 yilda dunyodagi eng go‘zal joylar e’lon qilindi
15:44 / 19.03.2026
Ukraina va Ispaniya mudofaa sohasida yangi kelishuvlar imzoladi
17:02 / 15.03.2026