O‘zbekiston | 21:00 / 23.04.2018
14352
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari Maxtumquli haykali poyiga gullar qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Toshkentdagi Maxtumquli ko‘chasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkentning markaziy ko‘chalaridan biriga buyuk turkman shoirining nomi berilgan edi. Bu yerda so‘lim xiyobon barpo etilib, atrofi yanada obod qilindi. Ko‘cha boshida Maxtumquliga monument o‘rnatildi.

Davlat rahbarlari mazkur yodgorlik poyiga gullar qo‘ydi.

Shavkat Mirziyoyev monumentning mazmun-mohiyati, bu yerda amalga oshirilgan ishlar haqida so‘zlab berdi.

Yaxlit ansamblga aylangan bu maskan Gurbanguli Berdimuhamedovda katta taassurot qoldirdi. Turkman xalqi, adabiyoti va madaniyatiga ko‘rsatgan hurmati uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

Mavzuga oid