O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida 17ta hujjat imzolandi
Ko‘ksaroydagi muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Qo‘shma bayonotni imzolashgan.
Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, savdo uylari ochish, ishbilarmonlar kengashi tashkil etish bo‘yicha, shuningdek, transport, tranzit, qishloq xo‘jaligi, fan-texnika, kasaba uyushmalari, sport va boshqa sohalarga doir 17ta hujjat imzolandi.
Bundan tashqari, tashrif doirasida oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida va axborot-kommunikatsiya sohalarida 15ta hujjat qabul qilindi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Prezidentlar muzokaralar, odatdagidek, ochiq va samimiy, ishchanlik ruhida o‘tganini, erishilgan kelishuvlardan xursandligini ta'kidlashdi.
«2017 yil O‘zbekiston va Turkmaniston munosabatlarida tarixiy yil bo‘ldi. Hozirgi kunda hamma kelishuvlarimiz to‘la amalga oshirilyapti. Bugungi uchrashuvimiz ham juda samarali bo‘ldi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni chuqur, har tomonlama muhokama qildik. Shuni alohida ta'kidlamoqchimanki, bu borada hal etilmagan masalalar qolmadi. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro anglashuvga erishdik. Shu asosda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini belgilab oldik. Biz nimaiki qilayotgan bo‘lsak, xalqlarimiz uchun, bolalarimizning kelajagi uchun, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
16:34 / 11.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi
12:12 / 28.08.2024
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi
14:41 / 13.08.2024
Gurbanguli Berdimuhamedov ta’til kunlarida sport mashinasini sinovdan o‘tkazdi
06:15 / 20.08.2023