Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda 85 kilometr yo‘l qaytadan qurildi
Yaqinda xalqaro ahamiyatdagi A-380 "G‘uzor-Nukus-Qo‘ng‘irot-Beyneu" avtomobil yo‘lining 355-440 km qismlarida – Buxoro viloyatining Romitan, Jondor va Peshku tumanlari hududlaridan o‘tuvchi 85 km qismini 2 tasmali asfaltbeton qoplamali yo‘ldan 4 tasmali sementbeton qoplamali avtomobil yo‘liga o‘tkazish loyihasi bo‘yicha rekonstruksiya qilish ishlari to‘liq yakunlandi, deb xabar bermoqda Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.
O‘zbekiston Respublikasi yo‘l-transport sohasidagi 30dan ortiq xalqaro konvensiyalar, shartnomalar va kelishuvlar a'zosi hisoblanadi. Mamlakat, shuningdek, xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan – milliy transport kommunikatsiyalarini takomillashtirish va xalqaro transport tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha bir qator davlatlararo dasturlarning faol ishtirokchisi hamdir. Respublika hududidan 20dan ortiq xalqaro avtotransport yo‘nalishlari o‘tgan.
A-380 avtomobil yo‘li xalqaro Ye-40 Xalqaro transport yo‘nalishining O‘zbekistondagi qismi hisoblanib, u orqali Markaziy va Sharqiy Yevropa, Rossiya, Ukraina va Qozog‘iston mamlakatlariga chiqish ta'minlanib, O‘zbekiston orqali trans-afg‘on transport yo‘nalishiga bog‘lanadi. Ushbu avtomagistral Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari hududidan o‘tib, davlatlararo, viloyatlararo aloqalarni ta'minlashda ham muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Avtomagistral o‘z navbatida xalqaro ahamiyatdagi M-37 "Samarqand-Buxoro-Olot" va M-39 "Olmaota-Toshkent-Termiz" avtomobil yo‘llarini bog‘laydigan muhim xalqaro yo‘nalish bo‘lib, trans-afg‘on transport yo‘nalishining shimoliy tarkibiy qismi ham hisoblanadi.
Mazkur loyihaning umumiy qiymati 175,2 mln. AQSh dollarini tashkil etib, ushbu ishlarni amalga oshirish uchun bosh pudratchi tashkilot etib – Koreya Respublikasining "POSCO Engineering & Construction Co. Ltd." kompaniyasi belgilangan.
Ushbu ishlarni bajarishda 400 donadan ortiq yo‘l qurilish texnikalari jalb qilindi. Qurilish davomida 600ga yaqin mahalliy mutaxassislar va ishchilar tun-u kun mehnat qilishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 fevraldagi 128-F farmoyishi bilan Davlat qabul komissiyasi tomonidan imzolangan obektni foydalanishga topshirish dalolatnomasi tasdiqlandi. Ya'ni yo‘lning mazkur qismi transport va yo‘lovchilar qatnovi uchun rasman ochildi. Bugungi kunda mazkur yo‘l jahon andazalariga to‘liq javob bergani holda, sement qoplamaga ega.
Mazkur loyihaning to‘liq amalga oshirilishi natijasida, transport xarajatlari miqdori pasaytiriladi, mahalliy va xalqaro tranzit tashishlarning vaqti qisqartiriladi hamda xavfsiz avtomobil yo‘llari tarmog‘i barpo etiladi.
Shuningdek, bu avtomobil yo‘li bu qismining foydalanishga topshirilishi – ichki va tashqi savdoning oshishiga o‘z hissasini qo‘shadi, shuningdek, qo‘shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni ta'minlashda muhim bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
21:35 / 21.05.2026