Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Habib Nurmagomedov Salohni to‘xtatib qolish uchun antiqa maslahat berdi
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov «Liverpul» va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Salohni to‘xtatib qolish uchun nima qilish lozimligi borasida maslahat berdi.
«Yangi Maradona. Men terma jamoamiz uni qanday qilib to‘xtatib qolishi mumkinligini bilaman. Shunchaki unga viza bermang», – deya hazil aralash yozgan Habib o‘zining Instagramdagi sahifasiga.
25 yoshli misrlik futbolchi Yevropa chempionlar ligasi yarim finalida «Roma»ga qarshi uchrashuvda (5:2) 2 gol va 2 pasni amalga oshirgandi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi JCh guruh bosqichida aynan Saloh to‘p suradigan Misr terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Mavzuga oid
23:35 / 11.12.2025
Saloh «yorildi»: muammo nimada?
20:53 / 09.12.2025
Salohning demarshi. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
19:26 / 07.12.2025
«Kimdir meni jamoada ko‘rishni istamayapti». Saloh shov-shuvli intervyu berdi
17:42 / 24.05.2025