15:30 / 25.04.2018
13737

«Novichok» moddasi yaratuvchilaridan birini mashina urib ketdi

Foto: RIA Novosti /Maksim Bogodvid

Rossiyaning Anapa shahri yaqinida avtomobil piyodalar o‘tish yo‘lagida «Novichok» asab-falajlovchi modda yaratuvchilaridan biri Vladimir Uglevni urib ketdi. Bu haqda «Kubanskiye novosti» xabar tarqatdi.

Ta'kidlanishicha, hodisa 24 aprel kuni Anapa yaqinidagi Chemburka xutori yonida yuz bergan. 71 yoshli erkakning o‘zi shifoxonaga murojaat qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi tufayli u mashina kapoti ustiga otilib ketgan, shu sababdan old oyna singan.

Xabar berilishicha, Uglev «Novichok» asab-falajlovchi zaharlovchi moddani ishlab chiqqan guruh tarkibida bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Novichok» zaharli moddasining yaratuvchilaridan biri sifatida e'tirof etiladigan kimyogar Vil Mirzayanov Skripalni zaharlashda bu moddadan foydalanishgani ahmoqlik bo‘lgani haqida ma'lum qilgandi.

 

Top