«Noviçok» zaharli moddasining yaratuvçilaridan biri sifatida e'tirof etiladigan kimyogar Vil Mirzayanov Kimyoviy qurolni taqiqlaş böyiça taşkilot (KQTT) ekspertlari hisobotiga öz munosabatini bildirdi. Taşkilot ekspertlari GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanişi böyiça öz xulosalarini berişgan. 

Kimyogarning e'tibor qaratişiça, bu modda qator xususiyatlarga egaki, ular undan Britaniya iqlimida foydalanişga yöl qöymaydi. Bu haqda u «Kommersant' FM»ga bergan intervyusida aytib ötgan.

«Noviçoklarning» bu seriyasidagi kamçilik şundaki, ular yuqori gidrozaiflikka ega, ya'ni, oddiy til bilan aytganda, beqaror birikmalar. Bu modda faqat namlik bölmagan paytda barqaror bölişi mumkin. Angliyada 4 mart kuni qöllangan modda esa – havodagi suv tomçilari. Sababi öşa kuni tuman bor edi. Faqat ahmoq odamga bu borada qandaydir fikr kelişi mumkin edi – bu katta xato bölgan», - deya aytib ötdi u.

Eslatib ötamiz, avvalroq KQTT Skripalni nima bilan zaharlaşganini aniqlagandi.