Sport | 17:52 / 27.04.2018
13802
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» uchun chempionlik yo‘lagi tashkil qilinadi

Foto: Twitter/@RCDeportivo

La-Korunyaning «Deportivo» klubi «Barselona» uchun chempionlik yo‘lagini tashkil qilishga qaror qildi. 

Ma'lumki, o‘tgan shanba kuni kataloniyaliklar Ispaniya Kubogida g‘alaba qozongan edi. Shu tufayli, galisiyaliklar Ispaniyadagi an'anaga asosan, raqibga shu tarzda hurmat bajo keltirishga qaror qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, «Deportivo»ga qarshi o‘yinda «Barselona» muddatidan oldin chempion bo‘lishi mumkin. 

Avvalroq, «Real» 6 may kuni o‘tkaziladigan El Klasikoda kataloniyaliklarga chempionlik yo‘lagini tashkil qilmasligini aytgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid