Sport | 11:31 / 27.04.2018
14729
1 daqiqa o‘qiladi

Messi o‘z nomini savdo markasiga aylantirdi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi o‘z nomini savdo markasiga aylantirish huquqiga ega bo‘ldi, deb xabar beradi VVS. Endi bu brend sport tovarlari sohasida ishlatiladi.

Argentinalik futbolchi bunga erishish uchun 2011 yilda ariza topshirgan edi. Biroq, Ispaniyaning velosipedlar ishlab chiqaruvchi «Massi» kompaniyasi bunga norozilik bildirdi. Velobrendning ta'kidlashicha, nomlar bir-biriga juda o‘xshash va tushunmovchilik keltirib chiqarishi mumkin edi. Shundan so‘ng, Yevropa Ittifoqining intellektual mulk idorasi «Massi» kompaniyasi yonini olib, futbolchining arizasini rad qildi.

Ammo Messi oradan 7 yil o‘tgach, Yevropa Ittifoqi Umumiy sudiga shikoyat qilib, g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Sud fikriga ko‘ra, futbolchi juda mashhur va uning nomidan foydalanishda hech qanday tushunmovchilik yuzaga kelmaydi.

Mavzuga oid