Jahon | 22:15 / 27.04.2018
17586
4 daqiqa o‘qiladi

Milliy Gvardiya institutida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti  tomonidan 2018 yil 27 aprel kuni tashkil etilgan “Sud-tergov faoliyatida inson huquqlari kafolatlarining kuchaytirilishi” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. U O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 4 apreldagi “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta'minlash hamda sudlar va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatiga joriy etishning ilmiy, nazariy va amaliy jihatlariga bag‘ishlandi. 

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti

Tadbirda ushbu qonun bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 noyabrdagi “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”gi PF-5268–son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilganligi alohida ta'kidlandi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti

Majlis ishtirokchilari qabul qilingan Qonun dalillar va tezkor-qidiruv ma'lumotlarini soxtalashtirish jinoyat deb e'tirof etilganligiga; fuqarolarning huquk va erkinliklarning kafolatiga ta'sir etadigan odil sudlovga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirilishiga; jinoyat protsessida shaxs huquq va erkinliklariga rioya qilinishi holati ustidan nazorat kuchaytirilganiga urg‘u berdilar.

Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan ushbu qonun sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoyasini ta'minlashga, ularning sha'ni va qadr-qimmatining kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligiga, shuningdek sudlar va tergov organlarining mas'uliyatini oshirishga, xalqimizning huquqni muhofaza qilish organlariga va sudga bo‘lgan ishonchini mustahkamlanishiga xizmat qilganligini e'tirof etdilar.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari va boshqa tashkilotlarning vakillari, olimlar va tadqiqotchilar ishtirokida sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarning kafolatlarini kuchaytirish maqsadida qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar hamda kelajakda shaxs huquqlarini kafolatlarini yanada kuchaytirish imkoniyatlari borasida fikrlar va mulohazalar muhokama qilindi. 

Unda Harbiy-texnik instituti kursantlari ishtirok etganligi ularning sud-tergov sohasidagi shaxs huquqlarini ta'minlash kafolatlari borasidagi bilimlarini yanada mustahkamlanishiga, zarur uquv va ko‘nikmalarining shakllantirilishiga xizmat qildi. Natijada shakllantirilgan ilmiy xulosa va takliflardan qonunchilik normalarini amaliyotda qo‘llashda, ularni takomillashtirishda va ilmiy tadqiqotlar olib borishda foydalanishga kelishib olindi.