O‘zbekiston | 00:21 / 29.04.2018
57172
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzor bolalari Prezidentga videomurojaat bilan chiqishdi

Toshkent shahridagi Chilonzor tumanining 8-kvartalida yashovchi bolalar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevga videomurojaat bilan chiqishdi.

Videomurojaat Faceebok ijtimoiy tarmog‘ida Olga Biysembayeva tomonidan joylashtirilgan postdan o‘rin olgan. Undan ko‘rinishicha, bolalar o‘ynaydigan o‘yin maydonchasi va futbol maydonining teginilmasdan qoldirilishini prezidentdan so‘rashgan.

«Bizga o‘yin va futbol maydonimizning qoldirishida yordam bering. Biz o‘ynashni istaymiz», deydi xitob bilan chiqqan qizaloq. Uning atrofidagi bolalar esa maydonchalarning buzilishiga «Yo‘l qo‘ymaymiz!» deb jo‘r bo‘lishgan.

Aftidan, ushbu ko‘pqavatli uylarning oldida joylashgan bolalar o‘yin va sport maydoni buzib tashlanib, o‘rniga biror bino qurilishi rejalashtirilayotganidan mahalla bolalari noroziligini shu tarzda izhor etishgan.

Mavzuga oid