Jahon | 23:01 / 30.04.2018
13381
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda “Prezident Nazarboyev” lolalari yetishtirilmoqda (foto)

Olmaotada “Prezident Nazarboyev” navidagi lolalar ekildi. Shahar aholisi va mehmonlari bu gullarni Nursulton Nazarboyev nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. 

Foto: Sputnik/Anatoliy Ustinenko 

Gullar “Kөktem kөrkі qyzg‘aldaq” (“Ko‘klam ko‘rki qizg‘aldoq”) deb nomlangan lolalar festivali doirasida ekildi. Shuningdek, festivalda ko‘plab boshqa turdagi lolalarni ham ko‘rish mumkin bo‘lgan.

Festival tashkilotchilarining ma'lum qilishicha, Nursulton Nazarboyev nomiga qo‘yilgan lola niderlandiyalik gulchilar tomonidan yaratilgan. Shuningdek, “Qozog‘iston Respublikasi” deb nomlangan yana bir lola turi ham olingan. Bu gullar Ostona kuni va Prezident kuniga bag‘ishlab yaratilgan.  

Mavzuga oid