Pashinyan rasmiy ravishda Armaniston bosh vazirligi uchun nomzod bo‘ldi
Armanistondagi namoyishlar yetakchisi Nikol Pashinyan «Yelk» parlament fraksiyasi tomonidan mamlakat bosh vaziri lavozimiga nomzod sifatida ilgari surildi. Bu haqda fraksiya vakili Ararat Mirzoyan ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Fraksiya Pashinyanning nomzodini bosh vazir lavozimiga taklif qildi. Bugun «Yelk» parlamentdagi uchta boshqa fraksiya bilan uchrashuvlar o‘tkazadi, jumladan Armanistondagi hukmron Respublika partiyasi bilan», - deya xabar bergan Mirzoyan.
Shuningdek, uning ishonch bildirishicha, mamlakat kelajagi uchun tashvishda bo‘lgan barcha deputatlar o‘z ovozini Pashinyan uchun beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armanistondagi namoyishlar yetakchisi yangi chaqiriq bilan chiqqandi.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
10:10 / 09.10.2024
RF chegarachilari Armaniston va Eron chegarasini qo‘riqlashni to‘xtatadi
20:10 / 02.10.2024