Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda yo‘lovchi samolyotni “shamollatib yubormoqchi” bo‘ldi
Xitoyda yo‘lovchi samolyot qo‘ngandan keyin uning ichini shamollatib yubormoqchi bo‘lib, avariyaviy lyukni ochib yubordi. Buning oqibatida lyuk ajrab chiqib, samolyotning avariyaviy trapi ochilib ketgan. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, voqeaga 25 yoshli erkak sababchi bo‘lgan. U Xaynan orolidan Myanyan shahriga qaytayotgan bo‘lgan. “Samolyot ichi dim va issiq edi. Men shunchaki, yonimdagi oyna oldidagi dastakni bosgan edim. Eshik tushib ketganda, men vahimaga tushdim”, deb eslagan voqeani yo‘lovchining o‘zi.
Erkak bu qilmishi uchun 15 kun qamoqda o‘tirishiga va 11 ming dollar jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Pullar aviakompaniyaga yetkazilgan zararni qoplash uchun sarflanadi.
Mavzuga oid
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026