O‘zbekiston | 11:58 / 01.05.2018
8303
3 daqiqa o‘qiladi

Ijodkorlar o‘rtasida yangi Respublika tanlovi e'lon qilindi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili doirasida “Faol tadbirkor – ijodkor nigohida” respublika ijodiy tanlovini e'lon qildi.

“Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini, shu jumladan, xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirish, faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, ya'ni zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or texnologiyalar asosida shakllantirib, boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan, bir so‘z bilan aytganda, zamonamiz qahramonlari deyishga arziydigan ishbilarmon, tadbirkor, fermerlar siymosini yaratishga chog‘langan ijodkor qalamkashlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!”, deyiladi e'londa.

Ijodkorlar tanlovi

Tanlov

– “Eng yaxshi badiiy asar”;

– “Eng yaxshi publitsistik maqola”;

– “Eng yaxshi videorolik” yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.

Har bir yo‘nalishda l, 2, 3-o‘rin g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi hamda ularga diplom va quyidagi miqdorda pul mukofotlari topshiriladi.

1-o‘rin g‘olibiga eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida.

2-o‘rin g‘olibiga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida.

3-o‘rin g‘olibiga eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida.

Shuningdek, “Yosh tadbirkor obrazini yaratgan eng yaxshi asar uchun”, “Zamonaviy tadbirkor ayol obrazini yaratgan eng yaxshi asar uchun” nominatsiyalari bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mukofotlar ta'sis etilgan.

Axborot hamkorlar: O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, shuningdek, ommabop internet nashrlari. 

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy materiallar 2018 yilning 1 noyabriga qadar quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 73-A uy, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi.

Murojaat uchun telefonlar: (0371) 255-29-91, 254-01-22

Elektron pochta: tanlov@uzlidep.uz

Tanlov g‘olib va sovrindorlari 2018 yil 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi bayrami arafasida e'lon qilinadi.

Tanlovga doir barcha qo‘shimcha ma'lumotlar bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Mavzuga oid