Qarorda ijtimoiy-siyosiy hayotning barça sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan töliq va samarali foydalanişga erişiş, ta’lim taşkilotlarida davlat tilini öqitiş tizimini yanada takomillaştiriş, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oşiriş, davlat tilining sofligini saqlaş va uning luğat boyligini muntazam oşirib boriş, barça millat va elat vakillari hamda xorijdagi vatandoşlarning davlat tilini örganişi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş asosiy maqsad ekani qayd etilgan.
Qaror 2020-2030 yillarda özbek tilini rivojlantiriş va til siyosatini takomillaştiriş konsepsiyasini 2025-2026 yillarda amalga oşiriş dasturi tasdiqlangan.
Qayd qilinişiça, 2026 yil 1 yanvardan boşlab respublika darajasidagi davlat organlari va xöjalik birlaşmalarining markaziy apparatlarida hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar, tuman (şahar) hokimliklarida boşqaruv xodimlarining belgilangan umumiy çeklangan soni doirasida rahbarning ma’naviyat va davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi lavozimi joriy etiladi.
Şu bilan birga, ta’lim qardoş tillarda olib boriladigan umumiy örta ta’lim taşkilotlari uçun özbek tilini örgatiş böyiça yangi darsliklar yaratiladi. Bolalarga özbek tilini örgatiş böyiça zamonaviy animatsion video va audio mahsulotlar işlab çiqilişi taşkil etiladi.
Şuningdek, Fanlar Akademiyasi 2026 yil 1 dekabrga qadar «Ona tili. Qomus» kitobini naşrga tayyorlaydi va çop etadi.
2026 yil 1 mayga qadar özbek tilini sun’iy intellekt yordamida qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladigan platforma işlab çiqiş böyiça normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Bundan taşqari, har yili «Özbek tili – qalbim tarjimoni» körik-tanlovi, «Jonajon özbek tilim» tanlovi, umumta’lim maktablarida özbek tili mavzusida inşolar tanlovi, «Yilning eng yaxşi özbek tili öqituvçisi» tanlovi ötkaziladi.
Özbek tilini örganiş istagida bölgan çet el fuqarolarini öqitiş maqsadida «Ibrat farzandlari» loyihasi bilan hamkorlikda alohida sun’iy intellekt yordamida özbek tilini örgatiş moduli işga tuşiriladi.












