Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shota Arveladze O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari bilan uchrashdi
O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an «Paxtakor» klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze bilan uchrashdi. Bu haqda toshkentliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, kecha, 30 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston - Turkiya biznes forumida ishtirok etishgan. Unda so‘zga chiqqan Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘zbek va turk xalqlari o‘zaro qardosh ekanligini e'tirof etib, nutqi davomida sahnaga «Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladze va uning egizagi Archil Arveladzeni taklif etib, ularni o‘zining yaqin insonlari sifatida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tanishtirdi.

Ma'lumot uchun, Shota Arveladze futbolchi sifatida 1993-1997 yillarda Turkiyaning «Trabzonspor» klubida faoliyat olib borgan. Keyinchalik murabbiylik faoliyatini boshlagach, 2010-2015 yillarda Turkiyaning turli klublarida bosh murabbiy sifatida ishlagan. Jumladan u «Qaysarispor» (2010-2012), «Qosimposho» (2012-2015) va «Trabzonspor» (2015) jamoalarida bosh murabbiy sifatida ishlagan. 2017 yildan boshlab esa Toshkentning «Paxtakor» klubi bosh murabbiyi sanaladi.
Qayd etib o‘tish joiz, «Qosimposho» klubi Rajab Toyyib Erdug‘an tug‘ilib o‘sgan hudud sharafini himoya qiladi. Jamoaning uy stadioni «Rajab Toyyib Erdug‘an» nomi bilan ataladi va u 13 500 tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.
Mavzuga oid
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi
19:03 / 25.08.2025