Jahon | 16:38 / 02.05.2018
7739
1 daqiqa o‘qiladi

Meyga Brexit shartlari bo‘yicha ultimatum qo‘yildi

Foto: Reuters /Toby Melville

Britaniya parlamentariylari bosh vazir Tereza Meyga Brexit’dan so‘ng YeI bilan «bojxona hamkorligi»dan voz kechish talabi bo‘lgan ultimatum qo‘yishdi. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar bermoqda.

Ular Brexit’dan so‘ng milliy bojxona bojlarini YeI bojlari bilan muvofiq darajaga keltirish bo‘yicha rejalarga qarshi chiqmoqda. 30 sahifalik hujjatda aytilishicha, «bojxona hamkorligi» kelajakda ancha yirik kelishuvlarga erishishda to‘siq yaratishi mumkin.

Shuningdek, qonun chiqaruvchilar loyihani amalga oshirish uchun katta xarajatlar talab etilishidan xavfsiramoqda.

Chorshanba, 2 may kuni, parlamentda Brexit shartlarini muhokama qilish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid