Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jangarilar Suriyaning Xoms viloyati shimolini jangsiz tark etishga rozi bo‘ldi
Foto: Reuters
Suriya hukumati jangarilar yo‘lboshchilari bilan ularning Xoms shimoli va Xama janubidan jangsiz chiqib ketishi haqida kelishib oldi. Bu haqda SANA davlat axborot agentligi xabar qilmoqda.
«Xoms viloyati shimoli va Xama viloyati janubidan terrorchilar guruhini chiqarib olish haqidagi kelishuvga erishilgani to‘g‘risida ma'lumot paydo bo‘ldi», - deyiladi agentlik xabarida.
Xabar qilinishicha, jangarilar Suriya hukumatiga o‘rta va og‘ir qurol-yarog‘larni topshirsa, ushbu taklifdan foydalanishi mumkin. Ular buni ikki sutka davomida amalga oshira oladi.
Shuningdek ta'kidlanishicha, jangarilar mina maydonlari xaritasini berish va o‘q-dori hamda portlovchi moddalar omborlari qayerda ekanini xabar qilishga rozi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon suriyalik muxolifatchilar IShIDning qancha jangarisini asirda ushlab turganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
18:35 / 08.02.2026
Bashar Asad hokimiyat tepasidagi so‘nggi kunlarini o‘yin o‘ynab o‘tkazgan - OAV
10:04 / 31.01.2026
Suriya hokimiyati va kurdlar keng qamrovli kelishuv tuzdi
19:30 / 21.01.2026
Suriyada kurdlar muxtoriyati tugatildi
15:22 / 19.01.2026