«Xoms viloyati shimoli va Xama viloyati janubidan terrorchilar guruhini chiqarib olish haqidagi kelishuvga erishilgani to‘g‘risida ma'lumot paydo bo‘ldi», - deyiladi agentlik xabarida.

Xabar qilinishicha, jangarilar Suriya hukumatiga o‘rta va og‘ir qurol-yarog‘larni topshirsa, ushbu taklifdan foydalanishi mumkin. Ular buni ikki sutka davomida amalga oshira oladi.

Shuningdek ta'kidlanishicha, jangarilar mina maydonlari xaritasini berish va o‘q-dori hamda portlovchi moddalar omborlari qayerda ekanini xabar qilishga rozi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon suriyalik muxolifatchilar IShIDning qancha jangarisini asirda ushlab turganini ma'lum qilgandi.