Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Aqlli tibbiyot” tizimi bo‘yicha Turkiya tajribasi o‘rganiladi
Innovatsion rivojlanish vazirligida Turkiyaning “Akgun Group” kompaniyasi vakillari hamda tibbiyot xodimlari bilan tajriba almashish va hamkorlik ishlarini davom ettirish maqsadida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “Aqlli tibbiyot” konsepsiyasini amalga oshirish uchun huquqiy-normativ hujjatlarni ishlab chiqish, barcha tibbiy muassasalarni zarur uskuna, texnik jihozlar bilan to‘liq ta'minlash, mulkchilik shaklidan qat'i nazar “Aqlli tibbiyot” konsepsiyasini barcha davolash-profilaktika muassasalarida joriy etish, tegishli tibbiyot muassasalarida axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis shtat birliklarini yaratish vazifalarini amalga oshirish kerakligi ta'kidlab o‘tildi.
“Aqlli tibbiyot” va “Yagona tibbiyot axborot markazi” konsepsiyalarini ishlab chiqish uchun Innovatsion rivojlanish Vazirligi qoshidagi ishchi guruh – Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 6 nafar mutaxassisi Turkiya tajribasini o‘rganish uchun may oyida Anqaraga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Ma'lumot sifatida aytib o‘tish lozimki, Innovatsion rivojlanish vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi qarorida “Aqlli tibbiyot” va “Yagona tibbiyot axborot markazi” konsepsiyalarini yaratish va joriy etish bo‘yicha vazifalar yuklatilgan edi. Belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish Vazirligi qoshidagi ishchi guruhga Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari kiritilgan.
“Aqlli tibbiyot” tizimi shifokorga zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida bemor bilan aloqa o‘rnatish va masofadan turib davolash imkonini beradi. Shifokor qayerda bo‘lishidan qat'i nazar, bemor salomatligi haqidagi muhim ma'lumotlardan xabardor bo‘la oladi.
“Aqlli tibbiyot” yirik loyiha bo‘lib, uni amalga oshirish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish hamda Iqtisodiyot vazirligi hamkorligida ish olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:49 / 06.07.2019
O‘zbekistonda ilmiy-ommabop QVANT platformasi yaratildi
18:50 / 18.05.2019
Innovatsiya bo‘yicha ekspert: «Mamlakatga vitamin emas, og‘riq qoldiruvchi innovatsiya kerak»
01:18 / 20.03.2019
Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi Rossiya bilan hamkorlik bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqmoqda
15:59 / 04.02.2019