Özbekiston Respublikasi Innovatsion soğliqni saqlaş Milliy palatasi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi Milliy tibbiy palatasi bilan yaqindan hamkorlik qilişga doir kelişuvga erişdi. Moskva şahriga amalga oşirilgan işçi taşrif davomida Milliy palata raisi Ravşan Izamov boşçiligidagi delegatsiya RF Milliy tibbiy palatasi prezidenti Leonid Roşal bilan uçraşdi.

Innovatsion soğliqni saqlaş Milliy palatasi matbuot xizmatidan xabar berilişiça, muzokaralar davomida Leonid Roşal Özbekistonda Innovatsion soğliqni saqlaş milliy palatasi kabi tuzilmaning yaratilişi muhim ahamiyat kasb etişini ta'kidladi. Tomonlar fuqarolarni majburiy tibbiy suğurtalaş bilan boğliq masalalarni muhokama qilişdi. Mazkur tuzilma qonunçilikni takomillaştiriş hamda tibbiyot sohasi bilan boğliq hodisalarni tadqiq qiliş uçun tölqonli şaroit yaratiş maqsadida RF Tergov qömitasi bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Işçi taşrif doirasida şuningdek RF Soğliqni saqlaş vazirligi vakillari bilan ham uçraşuv bölib ötdi. U yerda Boş boşqarma rahbariyati va RF Soğliqni saqlaş vazirligining qator mutaxassislari iştirokidagi muzokaralarda tibbiy ta'lim, tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlaş va akkreditatsiyadan ötkaziş böyiça hamkorlik va özaro tajriba almaşiş masalalari muhokama qilindi.
Rossiyada uzluksiz tibbiy ta'lim yangi tizimi joriy qilinişiga oid batafsil ma'lumot berildi. Bu iş bilan RF Soğliqni saqlaş vazirligi 2011 yildan buyon şuğullanişi hamda belgilangan rejalarning 2024 yilga borib tugallanişi qayd etildi. Şu bilan birga, tibbiyot xodimlarining akkreditatsiya modelini takomillaştiriş muhimligi ta'kidlandi, RF Soğliqni saqlaş vazirligi bu işda Rossiya Milliy tibbiy palatasi ittifoqining tavsiya va xulosalarini hisobga oladi.
Uçraşuv doirasida Rossiya tomon Özbekiston Milliy palatasi mutaxassislarini yetakçi tibbiy ta'lim Markazlari va OTMlarga taklif qilişga tayyor ekanini bildirdi, bundan maqsad maslahatlaşuvlar ötkaziş va tajriba almaşiş ekanligi qayd etildi.


















