Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo kubogi -2019 qur'asi: O‘zbekiston murakkab guruhdan joy oldi
Foto: The-afc.com
Bugun, 4 may kuni BAAning Dubay shahrida Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi uchun qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Ma'lumki, OFK tarixida birinchi marta Osiyo Kubogida 24ta jamoa ishtirok etadi.
O‘zbekiston terma jamoasi F guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston bilan bellashadigan bo‘ldi.
Qur'a natijalari quyidagicha bo‘ldi:
A guruhi: BAA, Tailand, Hindiston, Bahrayn
B guruhi: Avstraliya, Suriya, Falastin, Iordaniya
C guruhi: Janubiy Koreya, Xitoy, Qirg‘iziston, Filippin
D guruhi: Eron, Iroq, Vetnam, Yaman
E guruhi: Saudiya Arabistoni, Qatar, Livan, KXDR
F guruhi: Yaponiya, O‘zbekiston, Ummon, Turkmaniston
Guruhlarda 1 va 2-o‘rinni egallagan, shuningdek, 3-o‘rinni egallagan jamoalardan eng yaxshi 4tasi pley-off bosqichiga, 1/8 finalga yo‘l oladi.
Musobaqa 5 yanvar - 1 fevral kunlari BAAning 4ta shahrida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
19:23 / 12.05.2026
Jahon chempionati – biz uchun tajriba, Osiyo Kubogida natija uchun kurashamiz – Kannavaro
07:50 / 10.05.2026
2027 yilgi Osiyo kubogiga qur’a tashlandi
18:15 / 07.05.2026
O‘zbekiston milliy jamoasi Niderlandiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
07:20 / 06.05.2026