Sport | 16:03 / 04.05.2018
22640
2 daqiqa o‘qiladi

Saloh bilan Saloh uchrashdi

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohga bir tomchi suvdek o‘xshash yigit Qohira ko‘chalarida shov-shuv ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi.

30 yoshli Ahmad Bahaa Misr poytaxtidagi kafelardan birida, Chempionlar Ligasi yarimfinalidan o‘rin olgan «Roma» - «Liverpul» (4:2) o‘yinini tomosha qilib, sevimli futbolchisining finalga yo‘l olganini barcha qatori bayram qildi.

Qiyofadoshlarning juda o‘xshashligi, xususan har ikkalasining sochi, soqoli, hatto kiyinishi ham bir xil ekani odamlarni hayron qoldirdi.

Qizig‘i shundaki, avvalroq futbolchi o‘z qiyofadoshi bilan uchrashishga ham muvaffaq bo‘lgan.

«Muhammad Saloh meni ko‘rganida, hayratdan qotib qolgan. U mendan ko‘zgu oldida turganimda nimani his qilishimni so‘radi. Men undan kattaroqman, ammo juda o‘xshashmiz.

Unga o‘xshashligimdan faxrlanaman, chunki u ayni paytda misrliklarga quvonch keltirayotgan yagona insondir» - dedi Bahaa.

Mavzuga oid