Jahon | 12:36 / 05.05.2018
9576
1 daqiqa o‘qiladi

Kiyevda «DXR» tomonida jang qilgan Braziliya fuqarosi ushlandi 

Ukrainalik harbiylar Kiyev shahrida Braziliya fuqarosi Rafael Lusvargani qo‘lga oldi. U avval «DXR» tomonida jang qilgan, deb xabar bermoqda «Strana.ua».

Harbiylarning xabar qilishicha, Lusvarga Ukraina Xavfsizlik xizmatiga olib ketilgan.

Foto: Facebook /c14.news

Ukraina mahkamasining feysbukdagi sahifasida xabar berishicha, Lusvarga ilk marta 2016 yilda qo‘lga olingan. O‘shanda tergovchilar erkak 2014-2015 yillarda Donbassdagi mojaroda «DXR» qurollangan isyonchilari tomonida ishtirok etganini aniqlashgan.

Lusvarga o‘z aybini to‘la tan oldi. Sud uni 13 yilga ozodlikdan mahrum etish haqida qaror chiqardi, biroq keyinchalik himoya apellyatsiyasi tufayli hukm bekor qilindi. 2017 yilning dekabrida braziliyalik qamoqxonadan mamlakatni ikki oy davomida tark etmaslik sharti bilan chiqarilgan.

 

Mavzuga oid