Kiyev şahar harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkaçenkoning ma’lum qilişiça, şaharning janubi-şarqidagi Darnitskiy tumanida köp qavatli uyga zarar yetgan. Bino konstruksiyasining bir qismi qulagan va vayronalar ostida odamlar qolib ketgan. Hodisa joyiga qutqaruv xizmatlari yuborilgan.

Kiyev meri Vitaliy Kliçko ham şaharning boşqa tumanlarida katta vayronagarçiliklar bölganini bildirdi.

Dnipro tumanida dron bölaklari beş qavatli uy tomiga tuşib, yonğin keltirib çiqargan. Şu hududda yana bir dron xususiy uyga urilgan.

Kiyev şimolida dron bölaklari 12-qavatdagi kvartiraga tuşib, yonğin çiqqan. Şevçenko, Solomenskiy va Obolon tumanlarida noturar binolar şikastlangan.

Solomenskiy tumanida biznes-markaz yonidagi avtoturargohda avtomobil yongan. Darnitskiy tumanida AYoQŞda yonğin çiqqan. Goloseyevskiy tumanida dron bölaklari biznes-markaz va yöl qismiga tuşgan.

Sönggi ma’lumotlarga köra, Kiyevda kamida 9 kişi şifoxonaga yotqizilgan, yana ikki nafar jabrlanganga joyida tibbiy yordam körsatilgan. Qidiruv-qutqaruv işlari davom etmoqda.

Ukraina Qurolli kuçlari havo kuçlari ma’lumotiga köra, Rossiya nafaqat Kiyev, balki Xarkiv, Poltava, Sumi, Donetsk, Odessa, Mikolayiv, Dnipropetrovsk va Çerkassi viloyatlariga ham raketa, dron va boşqariladigan aviabombalar yönaltirgan.

Ukraina tomonining bildirişiça, ötgan sutka davomida Rossiya 892 ta dron uçirgan. Ulardan 710 tasi havo mudofaa tizimlari tomonidan yöq qilingan yoki zararsizlantirilgan.

Şuningdek, uruş boşlanganidan beri birinçi marta Karpatorti viloyati markazi — Ujgorod şahri ham hujumga uçragani aytilmoqda. Şaharda bir neçta portlaş ovozlari eşitilgan.