22:37 / 05.05.2018
4775

Superliga. «Qizilqum» o‘z uyida «Metallurg»ga yutqazdi

Foto: PFC Qizilqum

Superliga 10-turida «Qizilqum» o‘z maydonida «Metallurg»ni qabul qildi.

Teng kurashlar ostida o‘tgan o‘yinda mehmonlar o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalanib, har bo‘limda bittadan gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. «Qizilqum» bunga bitta gol bilan javob berdi xolos.

Bu natijadan so‘ng, «Metallurg» 16 ochko jamg‘arib, 4-o‘ringa chiqib oldi. «Qizilqum» 9 ochko bilan 10-o‘rinda qoldi.

Superliga, 10-tur
5 may 2018. Navoiy. «Yoshlar» stadioni.
Qizilqum (Navoiy) – Metallurg (Bekobod) - 1:2
Gollar:
 Elguja Grigalashvili (65) - Zohid Abdullayev (21), Shahzod Shaymanov (50)

Hakamlar: O.To‘ychiboyev (Farg‘ona), Sh.A'zamov (Farg‘ona), R.Kapadze (Farg‘ona), K.Rasulov (Qashqadaryo). Nazoratchi – D.Roman (Toshkent). Komissar – L.Qo‘chqorov.
Qizilqum: Yevgeniy Cheremisin, Erkin Boydullayev, Giorgi Kvesiyeshvili, Alisher Sanoyev, Doniyor Usmonov (Samandar Shodmonov, 39), Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Elguja Grigalashvili, Nemanya Yovanovich
Metallurg: Javohir Ilyosov, Abbos Otaxonov, Shahzod Shaymanov, Zabihillo O‘rinboyev, Islom Isoqjonov (Muhammad Isayev, 51), Zohid Abdullayev, Jasur Hasanov, Sherzod Fayziyev, Akbar Ismatullayev, Abror Xusinov, Pavel Smolyachenko
Ogohlantirishlar: Giorgi Kvesiyeshvili 59, Elguja Grigalashvili 61, Shahzod Shaymanov 68, Javohir Ilyosov 90+1.

Top