Sport | 01:00 / 06.05.2018
11606
1 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiya termasi xokkey bo‘yicha jahon chempionatlari rekordini o‘rnatdi

Foto: eurosport.ru

Xokkey bo‘yicha Finlyandiya terma jamoasi Daniyada o‘tayotgan jahon chempionatining birinchi o‘yinida Janubiy Koreya terma jamoasini 8:1 hisobida mag‘lub etdi. 

E'tiborlisi, finlar 8 ta shaybadan 3 tasini maydonda kamchilik bo‘lib harakat qilganlarida kirita olishgan. Bu esa 82-marotaba o‘tayotgan jahon chempionatlari uchun rekord natija hisoblanadi. 

Yana bir e'tiborli jihati, Janubiy Koreya termasi jahon chempionatida ilk bor ishtirok etmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid