Xokkey böyiça Özbekiston milliy jamoasi IIHF 2026 yilgi jahon çempionatining III divizioni B guruhida ğolib çiqdi. Bu nufuzi jihatdan 6-örindagi liga hisoblanadi.

Latviyalik mutaxassis Normunds Seyyeys boş murabbiyligidagi jamoa Hongkongda ötkazilgan turnir davomida raqiblaridan sezilarli ustunlikni va yuqori sermahsullikni namoyiş etdi. Jumladan, Möğuliston (26:1), Filippin (28:3), KXDR (20:3), Lyuksemburg (14:0) va Hongkong (9:4) mağlub etildi.

Yakuniy jadval quyidagiça: Özbekiston - 15 oçko, KXDR - 12, Honkong - 9, Lyuksemburg - 6, Möğuliston - 3, Filippin - 0.

Turnirning eng yaxşi bombardiri va mergani Özbekiston milliy jamoasi vakili Vadim Kravçenko böldi. Uning hisobida 35 oçko (19 gol va 16 uzatma) bor.

Kelgusi mavsumda Özbekiston milliy jamoasi jahon çempionatining III divizioni A guruhida iştirok etadi. Unga Tayvan, Bosniya va Hersegovina, Tailand, Meksika va Janubiy Afrika raqiblik qiladi.