Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida hayratlanarli sovg‘a kutilmoqda
1981 yil Kampir-qal'a va Varaxsha uslubida arxitektor Yevgeniy Rozanov loyihasi asosida qurib bitkazilgan san'at saroyi o‘z nomiga qaytdi. Bu haqda 3 may kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdagi o‘ttiz oltinchi sessiyasida ana shunday qaror qabul qilingani haqida xabar berilmoqda.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, «Istiqlol» san'at saroyi o‘z nomiga qaytib, endilikda «Xalqlar do‘stligi» deb nomlanishi ma'lum qilindi. Ayni paytda san'at saroyi oldida obodonlashtirish ishlari avjida, shuningdek, hududga yaqin metro bekati ham mos ravishda «Xalqlar do‘stligi» nomiga o‘zgartirildi.

Bundan tashqari, Ikkinchi jahon urushi davrida 14 farzandni o‘z bag‘riga olgan Shomahmudovlar monumentini joyiga qaytarish maqsadida avval Shomahmudovlar nomi bilan yuritilgan ko‘chaga uning nomini qayta tiklash yuzasidan takliflar berilgan edi. Shu munosabat bilan kengash sessiyasida saroy old maydonini «Xalqlar do‘stligi» maydoni deb yuritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi. Tarixda bag‘rikenglik timsoli sifatida qolgan Shomahmudovlar monumentini maydonga o‘rnatish ustida qizg‘in ish olib borilmoqda.

Toshkent shahar hokimligining ma'lum qilishicha, tez orada shahar aholisi va mehmonlarini kutilmagan va hayratlanarli sovg‘a kutmoqda.























Mavzuga oid
20:31 / 13.05.2026
Toshkentda “Mingo‘rik – Chilonzor buyum bozori” metropoliten liniyasi quriladi
18:15 / 12.05.2026
Toshkentda ko‘cha bo‘yidagi drenaj ariqchasi beton bilan to‘ldirib tashlandi
18:41 / 11.05.2026
Toshkentda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi 21 ming dollar bilan ushlandi
09:00 / 10.05.2026