Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda jangovar parad – 2018: nimalar yuz berdi
Qozog‘istonning Jambil viloyatidagi “Otar” 40-harbiy baza poligonida 7 may kuni Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan jangovar parad yakunlandi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.
Paradga uch mingga yaqin harbiy xizmatchi, 300ta qurol-yarog‘ va harbiy texnika hamda 40ga yaqin uchar qurilma jalb etildi. Ko‘rikni Qozog‘iston prezidenti, Oliy bosh qo‘mondon Nursulton Nazarboyev kuzatib bordi.
Parad ikki qismdan iborat bo‘ldi. Birinchisida hokimlarga hududiy mudofaa brigadalari bayroqlari topshirildi. Shundan so‘ng Nursulton Nazarboyev nutq so‘zladi. Uning ta'kidlashicha, zamonaviy siyosiy voqelik har doim har qanday narsaga tayyor bo‘lishni talab qilmoqda.
Prezidentning nutqidan so‘ng 19ta piyoda bo‘linmasi marsh bilan o‘tdi, so‘ng harbiy mashqlar o‘tkazildi. Jangarilar, noqonuniy to‘dalarni yo‘q qilish, turli qurollardan aniq nishonga olish bo‘yicha ko‘nikmalar ko‘rsatildi. Paradni tribunalardan o‘n mingdan ortiq tomoshabin kuzatgan.
Noqonuniy qurollangan tuzilmalar shartli bazasini yo‘q qilish bo‘yicha taktik epizodlarni bajarish davomida Raketa qo‘shinlari va artilleriya imkoniyatlari ko‘rsatildi: "Tochka-U" taktik raketa komplekslari, "Grad" va "Prima" birdaniga o‘t ochish raketa tizimlari, MSTA-B hamda D-30 gaubitslari, "Solntsepek" og‘ir o‘tsochar tizimlari, "Shturm-S" tanklarga qarshi raketa kompleksi va boshqalar.
Quruqlikdagi qo‘shinlar va Havo mudofaa kuchlari qo‘shinlari raketalar uchirdi, bombalar tashladi, qurolning barcha turidan o‘t ochdi. Harbiy-havo kuchlarining armiya aviatsiyasi va front samolyotlari hamda vertolyotlari havoda jang o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Jambil viloyati Korday tumanidagi jangovar paradda ishtirok etgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025